"Chelsi" 80 millionga xarid qilgan futbolchisini arzimagan summaga "Arsenal"ga sotyapti

  • 25 iyun, 15:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik darvozabon Kepa Arrizabalaga Angliyaning "Arsenal" klubiga o‘tdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tecno

"Ispaniyalik posbonning "Arsenal"ga David Rayyaning yangi o‘rinbosari sifatida o‘tishi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

"Arsenal" "Chelsi"ga 5 million funt to‘laydi, barcha hujjatlar imzolandi. Arteta uchun Martin Subimendidan keyin yana bir qo‘shimcha," - deb yozdi Romano.

2024/2025 mavsumda 30 yoshli Kepa Arrisabalaga "Bornmut"da ijara asosida o‘ynadi. Uning hisobida Angliya Premer-ligasida 31 ta o‘yin bor. Shuningdek, u Angliya kubogida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt portali darvozabonning narxini 10 mln evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" 2018/2019 yilgi mavsumda Kepani "Atletik"dan 80 million evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!