Charlz Oliveyra: “Maxachevga qarshi jangni xohlamagandim”

  • 5 avgust, 2022, 13:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "UFC 280" turnirining markaziy jangida engil vazn toifasi chempionligi uchun Islam Maxachev hamda Charlz Oliveyra jang qiladi. Aslida, Oliveyra bu jangni xohlamaganligi haqida aytib o‘tdi. 

Tecno

Bu jangni xohlamagandim. Boshqa katta pul keltiradigan to‘qnashuvni istagandim. Biroq UFC xizmatchisi ekanimni hamma biladi, bundan qochib qutulolmaysiz. Biz har jabhada muzokara olib bordik.

Aslida, Nyu-York variantini ma’qul ko‘rgandim. Chunki bu betaraf hudud edi. Biroq hammasi shunday bo‘ldiki, turnir Abu-Dabiga berildi. Rostini aytsam, menga farqi yo‘q, chunki oktagon dunyoning barcha burchagida bir xil”, — dedi Oliveyra.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 280" turniri 22 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etiladi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!