
CAFA Nations Cup" turnirida rossiyalik hakamlar ishlaydi
Rossiya futbol ittifoqi seshanba kuni Kirill Levnikov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA ) tomonidan o‘tkaziladigan turnirda ishlashini ma’lum qildi.
Tarixda ilk bor CAFA turniri 10-20 iyun kunlari ikki shaharda – Bishkek va Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Turnirda Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari ishtirok etadi.
Xabaringiz bor, Rossiya terma jamoasi CAFA turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Fikrlar