
CAFA. "Ikki hafta ichida barcha ishtirokchilar aniq bo‘ladi, qur’a may oyining boshlariga belgilangan"
Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Faridun Saliev CAFA turniri haqida fikr bildirdi. Mazkur musobaqada 8 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.
"Yaqin ikki hafta ichida Markaziy Osiyo futbol assosatsiyasi turnir ishtirokchilarining yakuniy tarkibini aniqlashi kerak. Bilishimcha, qur’a tashlash marosimi may oyining boshlariga belgilangan. Hozircha Rossiya terma jamoasining ishtiroki haqida xabar yo‘q",- deydi Saliev.
Musobaqa doirasida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Afg‘oniston va Turkmaniston termaliri aniq o‘ynaydi. Shuningdek, Rossiya va Xitoy termalari ham taklif etilishi mumkin.
Fikrlar