
"Buxoro" futbolchisi operatsiya qilindi
“Buxoro” safiga yozgi selektsiya chog‘ida “Yangier”dan taklif qilingan Asiljon Begimqulov kutilmaganda safdan chiqdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun jamoamiz himoyachisi Asiljon Begimqulovga ko‘richak tashxisi qo‘yilib muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Futbolchimizning operatsiyadan so‘ng tiklanish jarayoniga vaqt talab etiladi. Begimqulovga tezroq tuzalib safga qaytishini tilab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Fikrlar