“Buxoro” bu tur hammadan oldinda…

  • 25 aprel, 2023, 18:12
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

21 – 24 aprel kunlari Superligada 7-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. 

“Surxon” “Nasaf”ning alamini oldi. “Bunyodkor” 7-turga kelib mag‘lubiyatga uchradi. “Neftchi” oxirgi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. “So‘g‘diyona” ko‘plab hujumlarning faqatgina bittasidan foydalandi. OKMK birinchi golni urdi. Biroq “Paxtakor” kambek qildi.

IMG_4729

“Navbahor” vodiy derbisida ishonchli hisobda zafar quchdi. Shu bilan birga “lochinlar” bu mavsum safardagi ilk g‘alabasiga erishdi. “Andijon” kutilmaganda “Metallurg” darvozasini 5 bor ishg‘ol qildi. “Nasaf” Qarshida “Olimpik”ga imkoniyat qoldirmadi.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

7-turda stadionlarimizga jami 28418 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 4060ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Buxoroda. Buxoro sport majmuasidagi “Buxoro” - “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yinni 8725 tomoshabin stadiondan kuzatdi. Vodiy derbisi - “Turon” - “Navbahor” uchrashuviga 7694 ishqiboz tashrif buyurdi.

IMG_4563

Turning markaziy bahsi OKMK - “Paxtakor” qarama-qarshiligini 4400 ishqiboz arenadan tomosha qildi. Toshkentdagi o‘yinlar uchun bu yaxshi natija.

Eng kam tomoshabin Toshkentda. “Surxon”ning “Bunyodkor” ustidan qozongan g‘alabasini 558 kishi stadiondan kuzatdi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Buxoro” - “Neftchi” 2:2. 8725 tomoshabin

“Turon” - “Navbahor” 0:2. 7694 tomoshabin

“Nasaf” - “Olimpik” 3:0. 5001 tomoshabin

OKMK - “Paxtakor” 1:2. 4400 tomoshabin

“Andijon” - “Metallurg” 5:0. 1051 tomoshabin

“So‘g‘diyona” - “Qizilqum” 1:0. 989 tomoshabin

“Surxon” - “Bunyodkor” 1:0. 558 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
25/04/2023 19:38
Андижон, Сўғдиёна ва Сурхон ўз майдонида ўйнаганида ўртача 5.000 мингдан мухлис стадионга кирарди