
"Buxoro" - "Navbahor" uchrashuviga doir statistik ma’lumotlar
Superliga 21-turi doirasida "Navbahor" safarda “Buxoro” (Buxoro)ga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu jamoalar o‘zaro 59 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 59 ta bahsdan 33 tasida namanganliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 16 ta uchrashuvda buxoroliklar zafar quchishgan, 10 ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekkan.
“Navbahor” shu kunga qadar o‘zaro bahslarda 106 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 62 marta to‘p olib chiqqan.
Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlarida namanganliklar 109 ochkoni, “Buxoro” esa 58 ochkoni qo‘lga kiritgan.
O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozongan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda raqibni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Shu kungacha Buxoroda bo‘lib o‘tgan 29 ta bahsning 12 tasida mezbonlar, 10 tasida esa namanganliklar zafar quchgan. Ettita uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Buxoro” - “Navbahor” bahsi Buxoro shahridagi “Buxoro” SMda 8 oktyabr kuni soat 18:30 da start oladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar