
BUUUM! Sobiq "ajdar" uyiga qaytdi
Qarshining "Nasaf" klubi Dragan Cheranni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Dragan yana biz bilan! Bir necha yillar davomida jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan va ma’lum muddat boshqa klubda to‘p surgan goleador Dragan Cheran yana sevimli Nasafimizga qaytdi!
Yosh futbolchilarimizga tajriba maktabi, muxlislar uchun qahramon bo‘lgan futbolchimizdan yana sermahsullikni kutib qolamiz!
Uyingga xush kelibsan Dragan!", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, serbiyalik hujumchi "sherlar" safida 214 ta uchrashuvda ishtirok etib, 132 ta gol va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2018 yilda "Nasaf"dan "Paxtakor" safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar