"Bunyodkor"ning Superligadaligini ko‘pchilik unutib qo‘ydi, Boltaboevning aytgan gapi noo‘rin ekanligini isbotladik" - Umarali Rahmonaliev

  • 1 oktabr, 2022, 22:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yosh “Bunyodkor” chempionlik uchun favoritlardan biri “Navbahor”ga qarshi ajoyib o‘yin namoyish etdi.

Tecno

Rostini aytganda, uchrashuvdan avval ko‘pchilik Samvel Babayan jamoasining g‘alabasini kutgandi. Biroq “Qaldirg‘ochlar” bunga yo‘l qo‘ymadi. Ivan Boshkovich boshchiligidagi “Bunyodkor” va uning iste’dodli futbolchilari kuchli raqibga syurpriz taqdim etdi, deyishimiz ham mumkin.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Umarali Rahmonaliev maydonda katta hajmdagi ishni bajardi. O‘yindan keyin futbolchi Sports.uz sayti uchun fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Umarali, “Bunyodkor”ni qo‘lga kiritgan muhim g‘alabasi bilan tabriklayman. Ayting-chi, kuchli raqib ustidan qozonilgan muvaffaqiyatning asosiy sababi nimada?

- Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, bugun kuchli o‘yin bo‘lishi va finalga teng darajada o‘tishi kutilayotgandi. “Bunyodkor” yana qaytishi kerak bo‘lgan vaziyat edi. Shuning uchun o‘zimizdagi bor kuch va matonatni yig‘ib, ishga soldik. Borimizni o‘yinga tashladik. “Navbahor”ga qarshi g‘alabamizga asosan birdamligimiz hamda bor kuchimizni berganimiz asosiy sabab bo‘ldi. Butun jamoa bilan harakat qildik.

- Nima deb o‘ylaysiz, bu g‘alabani sensatsiyaga qiyoslash mumkinmi?

- Hozirgi turnir jadvaliga qarasak, balki shunday hisoblasak bo‘ladi. Lekin “Bunyodkor”ni Superligadaligini ko‘pchilik unutib qo‘ydi. Bizni esdan chiqarmaslik kerak. “Bunyodkor” hali ham o‘z darajasida ekanini ko‘rsatish uchun maydonga tushdik.

umar1_3

- Ivan Boshkovich bosh murabbiylikka kelgach, jamoada ijobiy natijalar ko‘zga tashlanyapti. U jamoada avvalo nimani o‘zgartirdi?

- Bu haqida biz gapirsak noo‘rin bo‘ladi. Har bir murabbiyning o‘ziga yarasha uslubi bor. Shu sababli murabbiylar haqida gapirishimiz to‘g‘ri emas, deb hisoblayman. Asosiy ishimiz maydonda.

- Bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldingiz. Buni kutganmisiz?

- Albatta, “Navbahor”ga qarshi o‘zgacha tayyorgarlik bilan tushgandik. Anchadan beri muxlislar ham Rahmonaliev Rossiyaga ketdi, degan gaplarni tarqatishgandi. Ammo men jamoada ekanligimni isbotlashim kerak edi. O‘zimni ko‘rsatish va jamoamga foyda keltirish ishtiyoqida maydonga tushgandim. Jamshid Boltaboev “Bizning futbol” dasturida bergan intervyusida 7 ta o‘yin qolgan bo‘lsa, biz qiynalishimiz mumkin bo‘lgan ikkita jamoa bor: AGMK bilan “Olimpik”, qolgan jamoalarni yutishimiz shart degan. Biz jamoamiz bilan birga uning o‘sha gaplarini butun o‘yin davomida xayolimizdan o‘tkazib o‘ynadik. Uning gapirgan gapi noo‘rin ekanligini isbotlay oldik. Aytmoqchimanki, “Bunyodkor” hali ham Superligada va o‘z darajasini yo‘qotmagan.

umar2_2

- O‘yin oxirida jarima maydoni ichida yiqildingiz, ammo hakam penalti bermadi. U to‘g‘ri qildimi?

- Buni ko‘rib chiqish kerak. Lekin o‘ylashim bo‘yicha 100 foiz penalti bor edi.

- “Navbahor” siz kutgandek o‘ynadimi?

- “Navbahor” albatta biz kutgandek o‘ynadi. Biz kutgandan-da, yuqori darajada harakat qildi. Ammo biz bu uchrashuvga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rganimiz va bor vujudimiz bilan birlashib o‘ynaganligimiz uchun “Navbahor”ni o‘z uslubida o‘ziga qarshi harakat qildik va bu ularni mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!