"Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi "Barselona" rahbariyatiga maslahat berdi

  • 17 aprel, 2020, 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Bunyodkor" klublari sobiq hujumchisi Rivaldo kataloniyaliklarga tezroq Usmon Dembeleni sotib yuborishni maslahat bermoqda.

Tecno

“Uning omadi kelmadi. U juda katta salohiyatga ega, ammo to‘g‘risini aytsam, u o‘zini ko‘rsata olmadi. Yozda klub uni sotib yuborish yoki boshqa futbolchi evaziga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mish-mishlarga qaraganda “Barsa” Neymar yoki Lautaro Martinesdan birini sotib olmoqchi. Bunday sharoitda Dembelening asosiy tarkibga kirishi juda qiyin bo‘ladi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

“Barselona” Dembeleni 2017 yil “Borussiya” Dortmunddan 125 mln evro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida u bor yo‘g‘i 74 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol hamda 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!