"Bunyodkor"ga qarshi o‘yin oldidan "Paxtakor" safida 2 ta jiddiy yo‘qotish bor

  • 25 noyabr, 2019, 15:37
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

27 noyabr kuni Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs aslida "Paxtakor" stadionida o‘tkazilishi kerak edi. Jamoalarning birinchi davradagi to‘qnashuvi "Bunyodkor" arenasining maysasi tayyor holatda bo‘lmagani uchun "Paxtakor" o‘yingohiga ko‘chirilgandi. Shu bois bu galgi poytaxt derbisi "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi.

PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida "Paxtakor" safidagi Dragan Cheran va Hojiakbar Alijonov sariq kartochkalari to‘planib qolgani uchun ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

Bu o‘yin bir qarashda chempionlikka erishib bo‘lgan "Paxtakor" uchun ahamiyatsizdek, Lekin Arveladze mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlashni istamoqda. "Bunyodkor" esa OChL uchun kurashyapti. Demak, muhim uchrashuv bo‘lishi aniqroq.

Ma’lumot o‘rnida, "Bunyodkor" - "Paxtakor" 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fc Bukhara
25/11/2019 19:36
25-26 turda NASAF CLUBIGA omad tilayman kosonliklar nomidan OMAD
&
Fc Bukhara
25/11/2019 19:36
25-26 turda NASAF CLUBIGA omad tilayman kosonliklar nomidan OMAD
Sherzod Qodirov
25/11/2019 19:25
Qoyile sekingina padeshkaga chiqip qoyishipdida paxtakor qolsa bechora sugdiyonaga 3 xam yoq bolar ekanda bechora sugdiyona xaqli eding 3 ga yil oxirida achishtirshar ekanda ammo ozinda xam shans bor faqat 2 tur galaba qilsang 3 ni bermaysa