
"Bunyodkor" uy jamoasimi?
Superliganing 24-turida "Bunyodkor" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Xurshid G‘iyosov tomonidan so‘nggi daqiqalarda urildi.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi "qaldirg‘ochlar" o‘z maydonida joriy mavsum mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. "Bunyodkor" o‘z o‘yida 11ta o‘yin o‘tkazdi va shulardan 3tasida durang natija qayd etildi. Jamoa safardagi 7ta bahsda mag‘lub bo‘lgan.
Toshkentliklar ayni damda turnir jadvalida 39 ochko bilan 5-pog‘onada joylashgan.
Fikrlar