
"Bunyodkor" tarixidagi yorqin legionerlardan biri - Shaker Zuagi O‘zbekistonga qanday kelib qolgan edi?
Chempionatimizda shu kungacha ko‘plab legionerlar kelib o‘ynab ketishdi. Ularning hammasini ham eslay olmasligimiz mumkin. Biroq o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan har qanday futbolchi doimo muxlislarning yodida qoladi. Ana shunday legionerlardan biri tunislik Shaker Zuagi desak mubolag‘a qilmasak kerak. U 2014 yildan 2016 yilgacha uch yil davomida O‘zbekiston chempionatida faoliyat olib borgan. Dastlab “Olmaliq” (hozirgi OKMK) jamoasida to‘p surgan futbolchi keyingi ikki mavsumni “Bunyodkor” tarkibida o‘tkazgandi.
Uning yurtimizga qanday kelib qolgani esa barcha uchun qiziq bo‘lsa kerak. Tunislik futbolchi SPORTS.uz muxbiri bilan suhbat davomida ushbu savolga javob qaytardi.
- Menga ushbu mamlakatdan taklif borligini aytishganida bu erda o‘zimni sinab ko‘rishim o‘zim uchun ham qiziq tuyulgandi. To‘g‘risini aytsam, birinchi marta O‘zbekistonga borganimda ushbu mamlakat haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdim. Futboli haqida ham hech narsa bilmasdim. Keyin esa bu erning odamlari mehmondo‘st ekanligiga amin bo‘ldim. Bu erda yaxshi insonlar ko‘p ekan. Shuning uchun moslashish jarayoni men uchun oson kechdi. Buning ustiga “Olmaliq”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Igor Shkvirin menga ishonch bildirib, o‘z o‘yinimni topib olishimga yordam berganini unutmayman. Keyin esa “Bunyodkor”ga o‘tganimda bosh murabbiy Sergey Lushan bilan ham tezda til topishib ketganmiz. U yaxshi mutaxassis. Kezi kelganda, bu ikki murabbiyga minnatdorchilik bildiraman.
Zuagi bilan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar