
"Bunyodkor" murabbiyi: Transfer? Mehnat haqimizni ololmayapmiz-ku...
Superliganing 13-turida "Bunyodkor" safarda "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Hotirjamlikka berildikmi bilmadim, sababi gol bo‘lgan vaziyatda ham kerakmas joyda 11 metrlik zarba oldik. Menimcha, ikki jamoa ham g‘alabaga haqli edi. Durang adolatli natija bo‘lardi. Lekin afsuski o‘yinni yutqazib qo‘ydik. Bu futbol! "Paxtakor" muxlislarini tabriklayman.
Hamma o‘zini imkoniyatidan kelib chiqib ish ko‘radi va o‘ynaydi. Superligada 14ta jamoa bo‘lsa, menimcha faqat biz futbolchi ololmadik, aksincha ikki futbolchi jamoamizni tark etdi. Bu "Bunyodkor" uchun juda achinarli hol. Ming afsus, ikki oydan beri oylik ham olinmayapti. Yutuqqa ajratilgan pullar ham berilmayapti. Futbolchi sotib olish u yoqda tursin, mehnat haqqimizni ham olomayapmiz. Jamoa ikki o‘t orasida qolib ketdi.
Hujumdagi muammolarga qarshi kurashyapmiz, biroq kuchimiz etmayapti. Oddiy misol, klub bilan shartnomasi bor o‘yinchilarimizga bizga ma’lum qilmasdan aloqaga chiqishib, katta-katta va’dalar berib yo‘ldan o‘rishga harakat qilishmoqda. Hammaga insof bersin...
Fikrlar