"Bunyodkor" delegatsiyasi Xorvatiyaga yo‘l oldi

  • 1 iyun, 2022, 07:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, “Bunyodkor” akademiyasining uchta yosh toifasidagi jamoalari Xorvatiyada bo‘lib o‘tadigan “Dalmatinko cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Tecno

Shu munosabat bilan “Bunyodkor” delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul orqali Xorvatiyaga jo‘nab ketdi. Toshkent-Istanbul-Dubrovnik-Split yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan “qaldirg‘ochlar” safar davomida nafaqat musobaqada ishtirok etadi, balki Xorvatiyaning mashhur klublarining akademiyalari bilan ham yaqindan tanishadi. Xususan, “Dinamo” (Zagreb) va “Hayduk” (Split) jamoalarining akademiyalariga tashrif orqali ularning faoliyati bilan yaqindan tanishiladi.

bunxorvatiya1

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida futboli rivojlanish istiqbollari jihatidan O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan Xorvatiyaning ish uslubini o‘rganish, Xorvatiyaning so‘nggi o‘n yillikda amalga oshirgan shiddatli o‘zgarishlari, akademiyalarida tarbiyalangan iqtidorli o‘yinchilar Angliya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Germaniyada raqobatlashish darajasiga chiqqani misol tariqasida bayon qilingan. “Bunyodkor” akademiyasi jamoalarining “Dalmatinko cup” musobaqasida ishtiroki, klub hamda akademiyamiz rasmiylari, murabbiylarining mashhur “Dinamo”, “Hayduk” jamoalarining akademiyalariga tashrifi prezidentimizning ushbu farmoni ijrosi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan navbatdagisi deyish mumkin.

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!