
“Barselona” Levandovskini olishiga La Liga ruxsat bermaydi
“Barselona” rahbariyati o‘zi orzu qilayotganidek, “Bavariya” to‘purari Robert Levandovskini transfer qila olmaydi.
Bu haqda La Liga prezidenti Xaver Tebas ma’lum qildi.
- “Barselona” nima qilish kerakligini yaxshi biladi. Ular bizning iqtisodiy nazoratimizdan yaxshigina xabardor. Bu islohotlar katta iqtisodiy muammolarning oldini olish uchun qo‘llanilyapti.
Men kataloniyaliklar Frenki de Yong yoki Pedrini sotishi yoki sotmasligini aniq bilmayman. Ular birinchi navbatda o‘z aktivlarini sotib yuborishi kerak. “Barselona”da yillar davomida moliyaviy zararlar to‘planib qolgan va ular tezroq bu kamchiliklarga barham berishi kerak.
“Real” ana shunday muammolarni hal etib bo‘ldi. “Bsarsa” bunga erisha olgani yo‘q. Bilimcha, hozirgi ahvolda ular Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib ololmaydi, - dedi Xaver Tebas.
Fikrlar