
Bundesliganing top-klubini yanvarda birdaniga uch yulduz tark etmoqchi
Germaniyaning eng kuchli klublaridan biri “Leyptsig” qishki transfer bozori davrida faollik ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi.
Yanvarda bu jamoani birdaniga uch nafar mashhur o‘yinchi tark etmoqchi.
Bild nashrining yozishicha, portugaliyalik hujumchi Andre Silva, shimoliy makedoniyalik yarim himoyachi Elif Elmas va tajribali hujumchi Yussuf Poulsen klubdan ketishi aytilmoqda.
Bu o‘yinchilar orasida faqatgina Poulsen muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapti. Hozirgacha daniyalik hujumchi to‘qqiz marotaba maydonga tushdi, biroq ulardan birortasida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Elmas va Silva joriy chempionatda ikkitadan o‘yin o‘tkazdi va asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazmoqda.
Fikrlar