Bundesliga klubi futbolchisi koronavirusga chalindi

  • 20 mart, 2020, 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Jamoa rahbariyati virus yuqtirib olgan futbolchi nomini oshkor qilmaslikka qaror qilgan. U kasallikning odatiy belgilarini his qila boshlaganini aytgach testdan o‘tkazilgan. Natijalar esa unda COVID-19 virusi borligini ko‘rsatgan.

Endi “Ayntraxt” klubining barcha a’zolari zudlik bilan koronavirusga qarshi testdan o‘tkaziladi va ularning barchasi 2 haftalik karantinga yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!