Bundesliga klubi 38 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi

  • 18 fevral, 2022, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali yaponiyalik yarim himoyachi Makoto Xasebe bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. Qayd etish lozimki, Xasebe o‘tgan oy 38 yoshga to‘ldi.

Gap shundaki, Xasebe 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha “Ayntraxt” safida futbolchi sifatida to‘p suradi, keyin esa jamoaning murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, Xasebe "Ayntraxt" safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr ichida jami 256 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 5 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!