Bunaqasi avval bo‘lmagan! Qanday qilib Marokash barcha musulmonlarni birlashtirdi?

  • 14 dekabr, 2022, 20:06
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu jahon chempionati o‘zgachaligi bilan tarixga kirib bo‘ldi. Ilk bor yaqin sharqda o‘tkazilayotgan mundial janjal va kutilmagan voqealarga juda boy bo‘lmoqda. Bunga qadar arablar diyori bu qaday katta turnirni o‘zida o‘tkazmagan. Ayniqsa, Marokashning yarim finalga qadar etib kelgani ulkan voqeaga aylanib ulgurdi.

Tecno

Marokashning jahon arenasidagi muvaffaqatli ishtiroki jamoaga umuman aloqasi bo‘lmagan insonlarni ham bir maqsad sari birlashtirgani rost. Masalan, Mesut O‘zil jamoa musulmonlar uchun ulkan g‘alabaga erishgani uchun Marokash bilan faxrlanishini yashirib o‘tirgani yo‘q. Riyad Marez esa, bu natijani arab va afrikaliklarning umumiy g‘alabasi deb atadi: “Men Marokashni qo‘llab-quvvatlayman. Vaholanki, Portugaliya safida do‘stlarim ko‘p bo‘lishiga qaramay. O‘sha bahsda, qit’adoshlarimga muxlislik qildim.”

r4shor54shor45

Marokash qiroli – Muhammad VI terma jamoa yarim finalga chiqqach, Falastin, Iordaniya, Gabon va boshqa ko‘plab mamlakat rahbarlaridan telefon orqali tabriklarni qabul qilib oldi. Bu ham etmaganidek, Portugaliya ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng, qirol shahar ko‘chalariga chiqib, xalq bilan g‘alabani nishonladi.

Hozir butun mamlakat eyforiyaga berilgan. Bugun, Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan birorta kafeda bo‘sh joy qolmagani aniq. Barcha-barcha futbol tomosha qilish maqsadida yumushdan erta uyga qaytgan. Futbolchilar esa, buni bilib-sezib turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Sofyan Buffalning onasi bilan stadionda raqsga tushgani esa, deyarli dunyoning barcha burchagiga qadar etib bordi. Hozir hamma Marokash haqida fikr bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi – Valid Regragi esa, o‘zining so‘nggi intervyusida hissiyotini yashirib tura olgani yo‘q:

“To‘g‘risi, “Barselona” yoki “Manchester Siti” arab mutaxassisini bosh murabbiy sifatida klubga chorlashiga ishonish qiyin. Ular bu variantni ko‘rib ham chiqishmaydi. Huddi, biz bunga noloyiqdek!”

E’tiborlisi shundaki, murabbiy Marokash postiga JChdan ikki oy avvalgina keldi. Afrika terma jamoalariga nazar solsak, faqat Senegal va Marokashgina mahalliy mutaxassis qo‘l ostida turnirga tashrif buyurganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Shu o‘rinda, vatanparvarlik ruhi singdirilgan suratlarning ham ta’sir bor. Ayniqsa, Belgiya va Frantsiyani o‘z davrida mustamlakasi bo‘lgan davlatning ularga qarshi yashil maydonda kurash olib borishi, futbolni ahamiyatini oshirib yubormoqda. Afrika aviakompaniyalari Qatarga qo‘shimcha yana 30 ta reysni rejalashtirishga majbur bo‘lmoqda.

p34oshpsh34opsh3

Qora qit’aning asosan musulmonlar istiqomat qiladigan o‘lkalaridan minglab ishqibozlar stadiondan turib Marokashni qo‘llab quvvatlash uchun tashrif buyurmoqda. Er sharidagi deyarli barcha musulmon diniga e’tiqod qiluvchi insonlar Marokashni o‘z  jamoasi sifatida qabul qilgani rost. Buni xorijning bir nechta nufuzli nashrlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomlar to‘liq tasdiqladi.

Yarim finaldagi natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Marokash o‘zi uchun yangi tarix yaratdi. Bu tarixni esa, butun Afrika qit’asi, musulmonlar va arablar xuddi o‘zinikidek qabul qildi. Aynan shu faktor evaziga, jamoaning ruhiy xolati a’lo darajada.

Sizchi-siz! Siz bugun qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akram Haedarov
14/12/2022 23:36
Marocco