
Bunaqa futbolchilar menga kerak emas!
“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning ayrim o‘yinchilari uning ishonchini oqlay olmayotganini va ular bilan xayrlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Bosh murabbiyning bunday qarorga kelishiga “Tottenxem”ning Konferentsiyalar ligasida 2012 yilda tuzilgan Sloveniyaning “Mura” jamoasiga 1:2 hisobida engilgani sabab bo‘ldi. Sloveniyaliklar musobaqada reytingi eng past jamoa hisoblanadi va guruhda avvalgi to‘rtta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan.
- Men o‘yinchilarni kuzatib, imkoniyatlarini o‘rganib boryapman va tez orada klub rahbariyati bilan bu borada gaplashaman. Murakkab vaziyatda ekanimizni chuqur anglashimiz kerak. Bu holat barmoqni qimirlatish bilan o‘zgarib qolmaydi, - dedi Antonio Konte.
Ma’lumotlarga qaraganda, Antonio Konte klub prezidenti Daniel Levi va sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashuv qishki transferlarda olinadigan o‘yinchilar ro‘yxatidan tashqari jamoani tark etadigan o‘yinchilar masalasini ham muhokama qiladi.
Fikrlar