
Bugun xokkey bo‘yicha 2019 yilgi jahon chempioni aniqlanadi
Bugun Slovakiyada xokkey bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z yakuniga etadi. Ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lib turgan mazkur musobaqada g‘oliblik uchun Kanada va Finlyandiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
Final bellashuvi Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi. Muxlislar 18:45 dan boshlab Rossiya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchinchi o‘rin uchun kechadigan bellashuvni tomosha qilishlari mumkin. Ta’kidlash joiz, so‘nggi ikki yildan beri bu musobaqada Shvetsiya terma jamoasi g‘alaba qozonayotgan edi. Demak, bugun so‘nggi ikki yil ichida yangi chempion jamoa nomini aniqlaymiz.
Fikrlar