
Bugun sobiq chempionlar turnirdagi yurishini boshlaydi
Bugungi kunning eng so‘nggi uchrashuvi Italiya va Albaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Sobiq chempionlar ushbu turnirdagi ilk o‘yinini Dortmundda o‘tkazadigan bo‘ldi, raqib ham osonlikcha taslim bo‘ladiganlardan emas.
Italiya
Italiyani so‘nggi Evroda chempion qilgan Roberto Manchini jamoani tark etib, Saudiya Arabistoniga bosh murabbiy bo‘lganidan xabaringiz bor. Undan keyin bu lavozimni Luchano Spaleti egalladi. Ammo sobiq "Napoli" ustozi termada ishlashi qiyin bo‘ldi. Ayniqsa, uning ba’zi qarorlargia hozirgi davr futbolchilari rozi bo‘lishi qiyin masala edi. Shunday bo‘lsa-da, italiyaliklar saralashdan o‘ta olishdi. So‘nggi 6 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Italiya Evro chempionatini juda yaxshi ko‘radi. Jamoa 11-bor ushbu turnirda ishtirok etmoqda, lekin ayni paytda sobiq chempionlar yana sovrin bilan qaytishiga ishonch kamrok.
Albaniya
Futbolchilik faoliyatida "Arsenal" va "Barselona"da o‘ynagan Silvino ayni paytda bu jamoaga ustozlik qilmoqda. Albaniya saralashda guruhdan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda Evroga etib keldi, lekin jamoa haqida aniq bir tashxis qo‘yish qiyin, chunki albanlar Polshani qiyinchiliksiz mag‘lub qilib, Chiliga yirik hisobda taslim bo‘lishi ham mumkin. Tarkibida eng ko‘p ishonch bildirilayotgan futbolchi bu Renay Manaydir. "Sivasspor" hujumchisi yakuniga etgan mavsumda 36 ta bahsda ishtirok etib, 22 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Bunday statistika Italiya terma jamoasi o‘yinchilarida ham yo‘q.
O‘zaro o‘yinlar
Bu ikki jamoa so‘nggi marta 2022 yili o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash kelishgan va o‘sha uchrashuvda italiyaliklar 3:1 hisobida zafar quchgan. Bundan tashqari, "JCh-2018" saralash bahslarining ikkitasida Italiya 3 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Taxminiy tarkiblar
Fikrlar