
Bugun "Rostov" favoritga qarshi o‘ynaydi (prevyu)
Rossiya Premer-Ligasining 13-turida "Zenit" "Rostov"ni qabul qiladi. "Sankt-Piterburg" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
"Zenit"ning qayd etayotgan natijalari
"Zenit" mavsumni "Spartak" ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagandi. Bellashuvda Jirkov tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal etgan.
Terma jamoalar o‘yinlari paytida "Zenit" ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlab, "Sochi" klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, keyin Tulaning "Arsenal" jamoasi ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
Bundan tashqari, piterliklar Chempionlar Ligasi doirasida "Lion"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynab kelishdi.
Safardan qaytishlari bilan "Rubin" ustidan yirik 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Rossiya kubogining 1/16 bosqichida "Enisey" (2:1) jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi. RPLning navbatdagi turida "Lokomotiv"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lishsa, ChL doirasida "Benfika"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
So‘nggi turda "Zenit" "Ural"ni mag‘lub etdi. 12 turdan so‘ng, 26 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar-nisbati 21:6, Artyom Dzyuba hisobida 5 ta gol bor.
"Rostov"ning qayd etayotgan natijalari
"Rostov" mavsumni uy o‘yini boshladi. "Axmat"ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Keyin, mehmonda "Tambov" jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rossiya Kubogining 1/16 final bosqichida "Mordoviya"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Rostovliklar so‘nggi turlarda Moskvaning "Dinamo" (3:0) va TsSKA (3:1) klublarini dog‘da qoldirdi.
RPLning 12 turidan so‘ng, "Rostov" 26 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy egallab turishibdi. To‘plar-nisbati 23:15, Eldor Shomurodov hisobida 10 ta gol bor.
O‘zaro o‘yinlar tarixi
O‘tgan mavsumda "Zenit" o‘z uyida "Rostov"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, "Rostov Arena"da bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishgan. Piterda "Rostov" so‘nggi bor, 2014 yili 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Aynan "Zenit" uyidagi so‘nggi 10 ta uchrashuvning 8 tasida mezbonlarni qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 1 ta durang natija qayd etilgan va 1 marotaba "Rostov" g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirgan.
Valeriy Karpin shogirdlari joriy mavsumda chiroyli va mazmunliy futbol namoyish etishmoqda. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasigacha har bir to‘p uchun kurashishmoqda.
Fikrlar