Bugun Nodirbek Abdusattorov umumiy reytingda yana TOP-10likka qaytishi mumkin!

  • 4 dekabr, 20:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov FIDE Jahon kubogida 18,4 ochko yo‘qotdi va reytingda ancha pastladi. "London Chess Classic turniridagi ketma-ket 6 g‘alabadan so‘ng reytinggini 19.8’ga yaxshiladi va bugungi bahsda ham g‘alaba qozonsa, top-10ga kirib oladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Nodirbek bugun jahonning oltinchi shaxmatchisi Alireza Firouzja (2762)ga qarshi bahs olib boradi. 
 
Alireza Firuzja (2762) — Eronda tug‘ilib, hozir Frantsiyada yashayotgan, dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri. U Madridda o‘tgan jahon toji uchun nomzodlar turniri(2022) ishtirokchisi va zamonaviy shaxmatning asosiy yulduzlaridan biri hisoblanadi. 
 
Juda yoshligidan iste’dodi bilan ajralib turgan Firuzja 17 yoshigacha: 
— ikki karra Eron chempioni, 
— Chess960 bo‘yicha Evropa chempioni bo‘lishga ulgurgan. 
 
U ayniqsa rapid va blits yo‘nalishlarida nihoyatda kuchli. 2019 yil Moskva shahrida o‘tgan jahon rapid chempionatida Magnus Karlsendan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. 
 
Firuzja 2021 yilda 2800 reyting to‘sig‘ini zabt etib, tarixdagi eng yosh 2800+ darajasiga etgan shaxmatchi bo‘lgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!