
Bugun Ispaniyada 6 nafar bokschimiz yarim finalda jang qiladi!
Bugun Ispaniyada o‘tkazilayotgan "Boxam” xalqaro turniri doirasida 6 nafar bokschimiz ishtirokini davom ettiradi. Chorak final janglari natijalariga ko‘ra, 2 nafar bokschimiz musobaqa bilan xayrlashgan bo‘lsa, qolgan vakillarimiz medallar uchun ringga ko‘tarilishadi.
Yarim finalda ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-63,5 kg Ruslan Abdullaev - Kumar Amit (Hindiston)
-63,5 kg Mujibillo Tursunov - Mckay Cameron (Angliya)
-71 kg Havasbek Asadullaev - Bernad Frank Martinez (Ispaniya)
-80 kg To‘rabek Habibullaev - Sagin Satibaldi Uulu (Qirg‘iziston)
-92 kg Lazizbek Mullojonov - Rees Pla Emmanuel (Ispaniya)
-92 kg Shohjahon Abdullaev - Ricardo Adrian Fresneda (IBA)
Bahslarni Toshkent vaqti bilan 19:00 dan boshlab kuzatib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar