
Bugun Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasini qiyin o‘yin kutib turibdi
Bugun Rossiya chempionatida 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepadigan "Nijniy Novgorod" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Legionerimiz harakatlanadigan klub o‘z uyida "Dinamo" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Nijniy Novgorod" ayni payt turnir jadvalida 27 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. "Dinamo" hisobida 46 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 2-pog‘onani band etgan.
Fikrlar