
Bugun Evropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da UEFA Evropa ligasi yangi mavsumining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Qur’adan oldin jamoalar quyidagi savatchalardan joy oldi:
1-savatcha: "Arsenal", "Tottenxem" (ikkalasi - Angliya), "Roma", "Napoli" (ikkalasi - Italiya), "Benfika", "Braga" (ikkalasi - Portugaliya), "Bayer" (Germaniya), "Vilyarreal" (Ispaniya), TsSKA Moskva (Rossiya), "Gent" (Belgiya), PSV (Niderlandiya), "Seltik" (Shotlandiya)
2-savatcha: "Dinamo" Zagreb (Xorvatiya), "Sparta", "Slaviya" (ikkalasi - Chexiya), "Ludogorets" (Bolgariya), "Yang Boyz" (Shveytsariya), "Tsrvena Zvezda" (Serbiya), "Rapid" (Avstriya), "Lester" (Angliya), PAOK (Gretsiya), "Karabax" (Ozarbayjon), "Standard" (Belgiya), "Real Sosedad" (Ispaniya)
3-savatcha: "Granada" (Ispaniya), "Milan" (Italiya), AZ, "Feyenoord" (ikkalasi - Niderlandiya), AEK (Gretsiya), "Makkabi" Tel-Aviv, "Xapoel" Beer-Sheva (ikkalasi - Isroil), "Reyndjers" (Shotlandiya), "Molde" (Norvegiya), "Xoffenxaym" (Germaniya), LASK (Avstriya), "Zarya" (Ukraina)
4-savatcha: ChFR (Ruminiya), "Lill", "Nitstsa" (ikkalasi - Frantsiya), "Rieka" (Xorvatiya), "Dandolk" (Irlandiya), "Slovan" (Chexiya), "Antverpen" (Belgiya), "Lex" (Polsha), "Sivasspor" (Turkiya), "Volfsberg" (Avstriya), "Omoniya" (Kipr), TsSKA Sofiya (Bolgariya).
Fikrlar