
Bugun eng qiziqarli va shiddatli bo‘lishi kutilayotgan o‘yinlar
Bugungi o‘yinlar dasturida bir qator qiziqarli uchrashuvlar o‘rin olgan. Shu qatorda, Evropa Chempionlar Ligasi o‘yinlari ham bo‘lib o‘tadi. Biz ularning orasidan eng qiziqarlilarini saralab oldik.
"Liverpul" - "Zaltsburg"
Evropa Chempionlar Ligasining 2-turida Angliyaning "Liverpul" klubi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Er yuzida millionlab ishqibozlarga ega bo‘lgan jamoaning har bir o‘yiniga katta qiziqish bilan qarashadi.
Tarkibida Muhammad Saloh kabi futbolchi bo‘lgan klubning Afrika qit’asida ham muxlislari bisyor.
Bugun ushbu jamoa Ch doirasida "Zaltsburg" jamoasini qabul qiladi. Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadigan bellashuvni o‘tkazib yubormang.
"Slaviya "Praga" - "Borussiya Dortmund"
Chempionlar Ligasi doirasidagi yana bir qiziqarli to‘qnashuv. Germaniyaning "Borussiya" klubi ham "Liverpul" kabi millionlab muxlislarning e’tiborini qozongan. Ayniqsa jamoaning ushbu mavsumda ko‘rsatayotgan mazmunli futbol yanada ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Tarkibida Sancho kabi yosh futbolchiga ega bo‘lgan klub asosan ushbu ingliz futbolchi atrofida o‘yinini qurmoqda. Bugun nemislar "Slaviya Praga" mehmoni bo‘lishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
"Lill" - "Chelsi"
Tarixdan ma’lumki londonliklarning muxlislari doimo sayyoramizda millionlab topilgan. Bugungi kunda o‘zining sobiq futbolchisi Frenk Lempard qo‘l ostida shug‘ullanayotgan jamoaning yosh tarkibi qanday natijalar qayd etishi barchaga birdek qiziq bo‘ladi. Har holda, Lempard Chempionship klubida ajoyib mavsumni o‘tkazdi va darhol "Chelsi"ga ishga taklif etildi. Bugun ushbu jamoaning raqibi ham shunchaki sovg‘a bo‘ladigan jamoa emas. "Lill" klubi hattoki PSJ jamoasini bir necha bor mag‘lub etishga ulgurdi va Frantsiyada parijliklarga qarshilik ko‘rsata olayotgan yagona jamoa hisoblanadi.
"Barselona" - "Inter"
La Liga va A Seriyaning o‘zaro uchrashuvi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunning eng muhim bellashuvi ushbu o‘yinda kuzatiladi. Eng ko‘p muxlislar qiziqishiga sabab bo‘ladigan uchrashuv. "Inter" jamoasini A Seriya boshlanishida qayd etayotgan natijalari, ketma-ket g‘alabalari shunchakimi yoki "Yuventus"ga raqobatlik qila olishadimi, degan savollarga har kim turlicha javob bermoqda. Balki, bugungi bahsda biz "Inter"ni favoritlar qatoriga kira olishi mumkinligi borasida aniq javoblarga ega bo‘la olarmiz. Bir qancha uchrashuvlarni jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan Leo Messi kataloniyaliklar qaydnomasiga kiritilgani ham ushbu bahsning qiziqarli va jiddiy ekanligidan dalolat beradi.
"Gremio" - "Flamengo"
Janubiy Amerika qit’asining Libertadores Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan ikki Braziliya klubining o‘zaro bellashuvi juda qiziqarli kechishi tayin. Aslida shiddat borasida Evropa Chempionlar Ligasidan qolishmaydigan, ammo ishqibozlar qiziqishi biroz pastroq bo‘lgan musobaqaga butun Amerikada katta qiziqish bilan qarashadi. Yana bir qiziq tomoni, ushbu juftlikning go‘libi finalda Argentina jamoasi bilan ro‘baro‘ kelishi aniq. Sababi, yarim finalning ikkinchi juftligida ushbu mamlakatning ikki vakili "River Pleyt" va Boka Xuniors" o‘zaro to‘qnash kelishgan.
Fikrlar