
Buffonning agenti: "Portu" unga yoqadi
Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffonning agenti Silvano Martino mijozining "Portu"ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Biz “Portu”ning qiziqishlaridan xabardormiz, ammo hozircha bu borada aniq bir narsa yo‘q. Buffon yana bir mavsum futbol o‘ynamoqchi, “Portu” esa unga yoqadi. Bu Evropaning eng nomdor jamoalaridan biri. Lekin, Janluiji birinchi navbatda oilasi bilan yashashni o‘ylaydi. U o‘zining kelajak faoliyati borasida yaqin 10 kun ichida qaror qabul qiladi”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Buffonning so‘nggi jamoasi PSJ bo‘lgan edi. U parijliklar safini shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida tark etdi.
Fikrlar