
Buffon: "Yuventus" Chempionlar ligasi finallarida g‘alabaga loyiq bo‘lmagan"
Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Chempionlar Ligasi finallarida yutqazganini adolatli deb hisoblashini aytdi.
"Yuventus" sobiq futbolchisi ushbu klub safida uch marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynagan: 2003 yilda "Milan"ga qarshi (0:0, penaltilar seriyasida 2:3), 2015 yilda "Barselona"ga (1:3) va 2017 yilda "Real Madrid"ga qarshi (1:4).
"Finallarda g‘alaba qozonishi kerak bo‘lgan jamoa — bu bunga haqli bo‘lgan jamoa. Kim ko‘proq haqli — PSJmi yoki "Inter" — demak, o‘sha jamoa yutadi.
Men "Yuventus" bilan uchta finalda yutqazdim va bu uchalasida ham biz g‘alabaga loyiq emasdik. "Real"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga loyiq edik, "Barselona" bilan o‘yinda esa imkoniyatimiz bo‘lgan, lekin...
"Yuventus" muxlislari uchun bu alamli, ammo men uchun hech narsa o‘zgarmaydi — o‘sha paytda boshqalar kuchliroq bo‘lgan", — dedi Buffon.
Fikrlar