Buffon yangi mavsumda ham EChLda ishtirok etishi mumkin

  • 21 iyun, 2019, 09:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffonga "Atalanta" klubi ham jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra A Seriya klubi 41 yoshli posbonga yaxshigina taklif tayyorlamoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Buffonga "Portu" hamda "Parma" klublari ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Atalanta” o‘tgan mavsum sensatsion tarzda chempionatda 3-o‘rinni egalladi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Buffon o‘tgan mavsum PSJ safida 25ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 9tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. U hozirda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!