
Bu klublar boyib qoldi
FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida turli qit’alarning eng kuchli 32 ta jamoasi o‘zaro kuch sinashdi. Bu musobaqa bosh sovrini finalda Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi PSJni mag‘lub etgan “Chelsi” bo‘ldi.
Statistika ekspertlari jahon chempionati ishtirokchilari qancha daromad ko‘rganini hisoblab chiqdi.
“Chelsi” hisob-raqami g‘alaba evaziga 114,6 million evroga boyidi. Finalda o‘ynagan parijliklar qo‘shimcha 106,9 million evroga ega bo‘ldi.
Musobaqada eng katta daromad olgan o‘nta klub reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Chelsi” — € 114,6 mln
“Pari Sen-Jermen” — € 106,9 mln
“Real” — € 82,5 mln
“Fluminense” — € 60,8 mln
“Bavariya” — € 58,2 mln
“Borussiya” — € 52,3 mln
“Manchester Siti” — € 51,7 mln
“Palmeyras” — € 49,8 mln
“Inter” — € 36,8 mln
“Al-Hilol” — € 34,2 mln.
Fikrlar