
Bu futbolchi “Chelsi”ni beshinchi bor tark etdi
“Chelsi” rahbariyati belgiyalik hujumchi Mishi Batshuayi bilan amaldagi shartnomani 2023 yilning yarmigacha uzaytirdi.
Yangi bitim tuzilganidan keyin “aristokratlar” futbolchini beshinchi marotaba ijaraga berib yubordi. Shu tariqa, 27 yoshli hujumchi mavsumni Turkiyaning amaldagi chempioni “Beshiktosh” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda “Chelsi” matbuot xizmati xabar berdi.
Batshuayi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Kristal Pelas” sharafini himoya qilgan edi. U “Chelsi”ga 2016 yilda olib kelingan. Ungacha “Standart” va “Marsel” sharafini himoya qilgan.
Batshuayi 2015 yildan buyon Belgiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar