
Bu futbolchi “Chelsi” nazariga tushdi
“Chelsi” skautlari jamoani kuchaytirishga qodir bo‘lgan yangi futbolchilarni izlashdan to‘xtamayapti. Ayni paytda “aristokratlar” o‘tgan yildan beri “Ayaks” asosiy tarkibida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan Yurrien Timberni kuzatmoqda.
Iste’dodlarni kashf etishi bilan nom qozongan “Ayaks”ning bu futbolchisi tezkorligi va aniq pas oshira olishi bilan ajralib turibdi. Timberga “Tottenxem” ham xaridor hisoblanadi. Angliya premer-ligasining har ikki klubi ham “Ayaks” bilan yaxshi aloqada.
“Chelsi” bu jamoadan Hakim Zieshni transfer qilgan bo‘lsa, “Tottenxem” amsterdamliklardan Yan Vertongen va Kristian Eriksenni xarid qilgan.
Timberning “Ayaks” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Klub rahbariyati iste’dodli futbolchini 11 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar