
Bu darvozabonni olib xato qilibmiz
“Chelsi” mutasaddilari asosiy darvozabon sifatida olib kelingan Robert Sanchesdan tezroq qutilmoqchi.
“Aristokratlar” ispaniyalik golkiperni 25 million funtga sotib olgandi. Darvozabon bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan uzoq muddatli shartnoma tuzilgan.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino qimmatbaho posbonning o‘yinidan qoniqish hosil qilgani yo‘q.
Ayni paytda 26 yoshli futbolchi jarohatidan tiklanishga urinyapti. Sanches 2023 yilning dekabridan beri maydondan tashqarida yuribdi. Uning o‘rniga o‘ynayotgan Jorje Petrovich yuqori saviyali harakatlari bilan murabbiylar shtabining ishonchini oqlab bo‘ldi.
Endi “Chelsi” rahbariyati Sanchesni sotib yuborib, uning uchun sarflangan pulni g‘aznaga qaytarmoqchi. Bundan tashqari, londonliklar yozda “Real”dan qaytadigan Kepa Arrisabalaga masalasini ham hal qilishi kerak.
“Chelsi” har ikki ispaniyalik darvozabonni sotib yuborib, “Portu”dan Diogu Koshtani olib kelishni rejalashtiryapti.
Fikrlar