Bu birinchisi emas! MYuda endi Antoni ham jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
"Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni vatani Braziliyada sobiq qiz do‘sti Gabriella Kavallin tomonidan jinsiy zo‘ravonlik, tahdid va tanaga jarohat etkazishda ayblandi. Bu haqida Braziliyaning "Globo Esporte" nashri xabar berdi.
23 yoshli charm to‘p ustasi bilan 2022 yilda ishqiy munosabatlarda bo‘lgan Gabriella San-Paulo politsiyasiga ariza bilan murojaat qilgani aytilmoqda. U 20 may kuni futbolchi tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, arizada "bechora qiz"ning behayo tasvirlar va tahdidli xabarlar bilan qo‘rqitilgani ham keltirib o‘tilgan. Hozircha futbolchi, MYu vakillari tomonidan bu vaziyatga izoh berilmadi.



Fikrlar