
BRIKS o‘yinlari: Boks bo‘yicha final janglari davom etmoqda. Hozircha 4 ta kumush!
Ayni daqiqalarda Qozon shahrida BRIKS turnirining boks bo‘yicha final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Hozirga kelib finalga yo‘l olgan bir qator bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi. Jumladan, -46 kg vaznda Shodiyorjon Meliboev mezbonlar vakili Volodya Mnatsakanyanga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, -54 kg vaznda Shahzod Muzaffarov yana bir rossiyalik Maksim Kuznetsovga mag‘lub bo‘ldi. -57 kgdagi vakilimiz Hudoynazar Fayzov ham Rossiya vakili Andrey Peglivanyanga qarshi jangda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 60 kgdagi vakilimiz Dilshod Abdumurodov esa Abxaziya vakili German Ardjeniyaga mag‘lub bo‘ldi.
-67 kg: Shavkatjon Boltaev - Karen Solovyov (Rossiya)
-71 kg: Havasbek Asadullaev - Sergey Koldenkov (Rossiya)
-75 kg: Javohir Ummataliev - Sergey Sergeev (Rossiya)
-80 kg: To‘rabek Habibullaev - Beshto Shavlaev (Rossiya)
-92 kg: Madiyar Saydrahimov - Ramazan Hanapiev (Rossiya)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Smyaglikov (Bellarus’)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Tat’yana Trushkina (Bellarus’)
-75 kg: Aziza Zokirova - Elena Gapeshina (Rossiya)
Fikrlar