
Breaking! Masharipovning keyingi jamoasi ma’lum. Bu Eron klubi emas!
Yaqindagina "An-Nasr" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan Jaloliddin Masharipov faoliyatini qaerda davom ettirishi aniq bo‘ldi.
"Sports.uz" saytiga ma’lum bo‘lishicha, Masharipov Gretsiyaning "Panserraikos" klubiga o‘tadi. Bu haqda tez orada klub rasmiy sahifasi orqali xabar berishi kutilmoqda. Ayni paytda jamoa mamlakat turnir jadvalida 8-o‘rinda ketmoqda.
Avvalroq, 30 yoshli vingerga bir qancha klublardan takliflar kelgani borasida mish-mishlar chiqqan edi. Xususan, Turkiya, Eron kabi davlatlardan qiziqishlar bo‘lgan.
Fikrlar