Braim Dias: Bu - "Real" va bu erda dunyoning eng yaxshi futbolchilari o‘ynashadi"

  • 7 avgust, 2024, 15:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

7 avgust kuni AQShda bo‘lib o‘tgan “Real Madrid” va “Chelsi” uchrashuvi qahramoni bo‘lgan Braim Diaz o‘yindan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Real"dagi 30 daqiqa boshqa klubdagi 90 daqiqadan yaxshiroq degan fikrga qo‘shilasizmi?

- Ha, albatta. Madrid - bu Madrid. Ochig‘i, buni ayta olmayman, chunki men maydonda o‘ynashni yaxshi ko‘radigan futbolchiman. Lekin Madriddagi 30 daqiqa boshqa har qanday jamoadagi 90 daqiqa o‘ynashga o‘xshaydi. Men 90, 60 yoki 20 daqiqa o‘ynaymanmi, muhimi har doim jamoaga yordam berishdir. Biz bir oilamiz va bundan boshqa hech narsa yo‘q.

Arda Gyuler bilan munosabatingiz qanday?

- Arda Gyuler mening ukam va biz deyarli doim birgamiz. U ajoyib iste’dod egasi va uni aql bovar qilmaydigan kelajak kutmoqda”.

 Jamoada raqobat qanday?

Bu " qirollik klubi" va bu erda dunyoning eng yaxshi futbolchilari o‘ynashadi. Raqobat yo‘q, biz bir  jamoamiz”.

Golingizga fikringiz qanday?

"Mening golim chiroyli edi, lekin Vinisiusning uzatmasi super bo‘ldi", - deya javob berdi marokashlik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!