
Botir Nosirov "Mash’al"dan ketdi
"Mash’al" futbol klubi bilan uzoq yillar davomida bog‘langan, klub uchun juda katta hissa qo‘shgan, futbolchi sifatida faoliyatini aynan "Mash’al"da boshlab, keyinchalik murabbiylik faoliyatini ham shu jamoada davom ettirgan Botir Nosirov "Mash’al" bilan xayrlashdi.
Botir Nosirov "Mash’al"dagi faoliyati davomida o‘zini nafaqat futbolchi, balki murabbiy sifatida ham ko‘rsatgan. U yosh futbolchilarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori darajadagi o‘yinchilarga aylantirdi. Uning jamoaga qo‘shgan hissasi va mehnati jamoa muxlislari tomonidan har doim qadrlanadi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Nosirov endi "Bunyodkor"da darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
Fikrlar