Bo‘lajak raqibimiz - Tojikiston terma jamoasi 20 iyul kuni yig‘iladi

  • 18 iyul, 2020, 09:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sentyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi borasida xabar bergandik. Unga ko‘ra, 4 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida Tojikiston, 7 sentyabrda esa Eron termasiga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi. Ayni paytda terma jamoa murabbiylari bo‘lajak bellashuvlar uchun rejalar tuzib chiqmoqdalar. Jumladan, hamyurtimiz Usmon Toshev ustozlik qilayotgan Tojikiston milliy terma jamoasi ham bundan mustasno emas.

Tecno

Chempionatda yuzaga kelgan uch haftalik tanaffusdan foydalangan holda Tojikiston milliy terma jamoasi Dushanbeda olti kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Dastlabki yig‘in – 20 iyulda boshlanadi. Mashg‘ulotlar markaziy stadionda ikki martalik rejim asosida tashkil etiladi.

Dastlabki kuni terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha “Yo-yo” test topshiradilar. Shuni ham aytish joizki, “Bunyodkor”da to‘p surayotgan tojikistonlik Davron Ergashev ham terma jamoaga chaqirtirildi. Shuningdek, terma jamoa ro‘yxatiga yana boshqa legioner o‘yinchilar ham kiritilgan.

Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Rustam Yatimov (“Istiqlol”), Shoxruh Kirg‘izboev (“Lokomotiv-Pomir”);

Himoyachilar: Tabrezi Davlatmir, Iskandar Jalilov, Zoir Jo‘raboev (barchasi – “Istiqlol”), Davron Ergashev (“Bunyodkor”, O‘zbekiston), Xurshed Beknazarov (“Xo‘jand), Axtam Nazarov (“Bashundara Kings”, Bangladesh), A’zamjon Murodov (“Dushanbe-83”), Bilol Sulaymonov (TsSKA);

Yarim himoyachilar: Jahongir Ergashev (“Saif Sporting klub”, Bangladesh), Komron Tursunov (“Moxan Bagan”, Hindiston), Alisher Jalilov, Ehson Pandshanbe (ikkalasi – “Istiqlol”), Ilhom Barotov (“Istaravshan”), Islom Zoirov (“Lokomotiv-Pomir”), Muhammadjon Raimov (“Istiqlol”), Xurshed Abdulloev (“Dushanbe-83”);

Hujumchilar: Manuchexr Jalilov, Rustam Soirov, Sheriddin Boboev (barchasi – “Istiqlol”), Dilshod Bozorov (“Xo‘jand”), Tohir Maladustov (“Kaganat”, Qirg‘iziston), Dilovarsho G‘aniev (“Regar-TadAZ”).  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!