
Bokschilarimiz Rossiyada jang qilmoqda
Rossiyaning Tambov shahrida boks bo‘yicha xalqaro turniri boshlandi. 19 yanvar kuniga qadar o‘tadigan mazkur musobaqa o‘smirlar yosh toifasida tashkil etilmoqda.
Ushbu nufuzli turnirda Rossiyaning turli hududlaridan kelgan bokschilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va Kareliya Respublikalaridan kelgan jami 100 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladi.
Sirojiddin Naimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar boks terma jamoasi safida quyidagi bokschilar ishtirok etadi:
-46 kg: Muhammadali Istamov
-48 kg: Habibulla Saynazarov
-50 kg: Dinislom Davlatyarov
-52 kg: Azizbek Narzullaev
-54 kg: Bobomurod Boymirzaev
-57 kg: Asilbek Abduqodirov
-60 kg: Abrorbek Sharipov
-63,5 kg: Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jaev
-66 kg: Sunnatbek Ilhomov
-70 kg: Diyorbek Murodilloev
-75 kg: Xurshidbek Jo‘raev
-80 kg: Asadbek Sultanboev
+81 kg: Artur Kenesbaev
Fikrlar