
Boks. Yigitlarimizning Osiyo chempionati yarim finalidagi raqiblari ma’lum
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining yarim finaldagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, ertaga final yo‘llanmasi uchun janglarda hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarilishadi:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Kharkhu Enkhmandakh (Mo‘g‘uliston)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan ( Qozog‘iston)
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Gantumur Lunda (Mo‘g‘uliston)
-60 kg: Athamjon Muhiddinov - Bayarhu Buyandalai (Mo‘g‘uliston)
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Chu En Lai (Xitoy Taipeyi)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Dulat Bekbaurov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Sumit (Hindiston)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Omurbek Bekjigit ulu (Qirg‘iziston)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Ahmad Sulaymon Al Teymat (Iordaniya)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Narendar (Hindiston)
Musobaqada yarim final bosqichi bugun boshlanib, unda dastlab ayollar o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz.
Fikrlar