
Boks. Xumorabonu Mamajonova kumush medal bilan turnirni yakunladi
"World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga 7 nafar bokschimiz etib keldi.
Hozirgina -57 kg da vakilamiz Xumorabonu Mamajonova polshalik Julia Szeremeta o‘rtasidagi final jangi yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan qarama-qarshilikda Xumorabonu ochkolar evaziga imklniyatni boy berib qo‘ydi va turnirni kumush medali bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Fazliddin Erkinboev va bolgariyalik Rami Kivan to‘qnashuvi kutib turibdi.
Fikrlar