
Boks. Osiyo chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha kim g‘olib bo‘ldi? Bu O‘zbekiston emas!
Bugun Ammanda o‘tgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari jami 13 ta medal qo‘lga kiritdi. Jumladan, ayollar terma jamoamiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar terma jamoamiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Biroq, umumiy natijalarga ko‘ra, ya’ni ayollar va erkaklar terma jamoalari qo‘lga kiritgan medallarni qo‘shib hisoblaganda, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni esa bizdan deyarli ikki baravar ko‘p medal jamg‘argan qo‘shnilarimiz - Qozog‘iston terma jamoasi band etdi. Ularning hisobida 6 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronza, jami 21 ta medal mavjud.
Kuchli uchlikni esa Hindiston terma jamoasi yakunlab berdi. Ushbu terma jamoa a’zolari qit’a chempionatida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medal jamg‘ardi.
Quyida Osiyo chempionatining medallar jamg‘arish bo‘yicha yakuniy reytingi bilan tanishib olishingiz mumkin:
Fikrlar