Boks. Ikki hamyurtimiz Rossiya ringlarini "titratdi"

  • 19 aprel, 15:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida "IBA.Pro 2" professional boks turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa doirasida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham ringga ko‘tarildi. "Premier Boxing Academy" jamoasi a’zosi bo‘lgan Jafarov rossiyalik tajribali Sergey Lubkovichga qarshi olti raundlik to‘liq jang o‘tkazdi. Super yarim o‘rta vazn toifasida tashkil etilgan jangda Saidjamshid tajribali raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi. Bu Lubkovichning prof faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Bunga qadar u 18 ta jangda g‘alaba qozongan edi. 

Jumladan, ushbu oqshom doirasida yana bir vakilimiz Madiyar Saidrahimov olti raundlik jangda mezbonlar vakili Andrey Stotskiyni muddatidan avval taslim etdi. Bu Madiyarning prof boksdagi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!