Boks. Bugun ringga ko‘tariladigan juftliklar bilan tanishing

  • 23 yanvar, 2022, 12:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Poytaxtimizda o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun ikkinchi kun bahslari o‘tkaziladi. Ushbu kun dasturida ikki nafar vakilimiz ringga ko‘tarilishi belgilangan.

Tecno

Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs taxminan 16:45 da boshlanadi. Ikkinchi bokschimizning chiqishi kunning eng so‘nggi dasturiga to‘g‘ri kelmoqda. Unda -91 kg vazn toifasida Javohir Tog‘aymurodov tojikistonlik Davlat Boltaevga qarshi jang qiladi. Bellashuv vaqti taxminan 18:30 ga to‘g‘ri keladi.

20220122072320_IMG_5285_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!