
Boks bo‘yicha O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tailandga yo‘l oldi
17-26 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
Yodingizda bo‘lsa, ushbu musobaqaning dastlabkisi 2022 yil yanvar oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan va unda bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgandi.
Bugun charm qo‘lqop ustalarimiz musobaqada qatnashish uchun Tailandga jo‘nab ketishdi. Terma jamoamiz Bangkokka quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
-81 kg: Sahobat Husanova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Islom Tojiboev, Timur Akbaev, Ziyatdinbek Tayganbaev.
Yigitlar:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziev
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Sanjar Vahobov
-57 kg: Mirzabek Mirzaxalilov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bosh murabbiy: Akmal Hasanov
Murabbiylar: Ruslan Telimbaev, Nodir Irgashev, Ozod Hasanov, Laziz Zokirov, Mansur Muqimov.
Shifokor: Komiljon Rasulov
Hamyurtimiz Bekjon Yusupov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar