
Boks bo‘yicha JCh. Fanat Qahramonov avstraliyalik raqibidan ustun keldi
Bundan biroz oldin -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov 1/8 finalga chiqqani borasida xabar bergan edik.
Hozirgina bir hamyurtimiz Fanat Qahramonov (-75 kg)ishtirokidagi jang ham o‘z nihoyasiga etdi. Avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi jang qilgan Qahramonov bahsni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qila oldi.
Shu tariqa Fanat Qahramonov 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar